UZBEK-ENGLISH-RUSSIAN DICTIONARY OF POWER-ENGINEERING
Built-in dictionary: 8000 terms (UZ • RU • EN)
Search across Uzbek, Russian and English terms. Press Esc to clear.
| UZ | RU | EN |
|---|---|---|
| Loading… | ||
Mazkur lug'at energetika muhandisligiga oid 8000 dan ziyod termin (so‘z va so‘z birikmalari) qamrab olgan bo‘lib, ular energetika soxasiga oid xorijda va mamlakatimizda chop etilgan ilmiy adabiyotlar (darslik, o'quv qo'llanma, monografiya)dan, asl manbalardan olingan parchalardan, ilmiy maqola, gazeta va jurnallardan quyidagi tamoyillar: o‘qitishning maqsad va vazifalariga muvofiq, qo‘llanish darajasiga ko‘ra, o‘shimchalar orqali so‘z yasay olishlik, bog‘lana olishlik xususiyatiga ko‘ra, mavzu bo‘yicha va semantik namunalilik darajasiga ko‘ra tanlab olingan. Tanlab olingan terminlar texnika sohasiga oid lug‘atlar yordamida ingliz va rus tillariga tarjima qilinib, uch xil (o‘zbek, ingliz, rus) tildagi muqobillari keltirilgan. Bundan tashqari, taqdim etilgan terminlar energetika soxasining yo‘nalishlari hisoblangan elektr energetikasi (ee); elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi (eee); gidroenergetika (ge), issiqlik energetikasi (ie) hamda atom energetikasi (ae) bo‘yicha alohida ajratilib chiqilgan. Bu esa talabalarga energetika yo‘nalishlariga hos terminlarni mustaqil ravishda o‘rganish imkoniyatini beradi. Biz o‘ylaymizki, mazkur lug'at xorijiy tillarni o‘qitishda talabalarda sohaviy terminologik malakalarini shakllantirishda katta yordam beradi.
Lug‘atdan foydalanish yanada osonroq bo‘lishi uchun ingliz tilidagi terminlarning o‘qilish qoidalari, transkripsiyasi va grammatik jihatdan qaysi so‘z turkumiga kirishi ko‘rsatib berilgan. (n) - noun - ot (v) – verb - fe’l (adj) – adjective - sifat (adv) – adverb - ravish (num) – numeral – son
Masul muharrir t.f.d. prof. A.D. Taslimov